Zangiotadagi bog‘cha direktori qariyb 1 mlrd. so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan — vazirlik
Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi hamkorligida tekshiruv o‘tkazgan.
Unda Toshkent viloyati Zangiota tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi tekshirilgan.
Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan 2014-2020-yillar davomida 37 nafar shaxslarni turli lavozimlarga rasmiylashtirib, ular haqiqatda ishlamagan bo‘lsalarda «o‘likjon» xodimlar nomiga 983,5 mln so‘m ish haqi hisoblanib, plastik kartalar orqali noqonuniy hisobdan chiqarilgani aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter