Zangiotada 2,5 gektar yerni 82,5 ming dollarga pullamoqchi bo‘lganlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo‘limlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar M.Sh. va F.B.lar L.M. MChJga Zangiota tumanida yangi texnologiyalar asosida issiqxona qurish uchun ajratilgan 2,5 gektar yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan 82 500 AQSh dollariga sotib, keyinchalik tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter