Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma’lumot berildi

Yunusobodda sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma’lumot berildi

Bugun, 8 iyun kuni soat 12:50 da Toshkent shahar Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:58 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:04 da o‘rab olingan va soat 13:09 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra do‘kon va dorixonaning taxminan 80 kv.m. maydonda old tomon alkapon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring