Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuk avtomobillari to‘qnashuvida yo‘lovchi halok bo‘ldi

Yuk avtomobillari to‘qnashuvida yo‘lovchi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 3-sentyabr kuni soat 18:30larda, Jizzax viloyati Jizzax shahar hududidan o‘tuvchi 4R38 «Uchtepa-Jizzax-Baxmalsoy» avtomobil yo‘lining 31-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan E.H. Foton rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1954-yilda tug‘ilgan Sh.P. boshqaruvidagi «Kamaz-53212» rusumli yuk avtomobilining tirkamasiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, Foton rusumli yuk avtomobili yo‘lovchisi, 33 yoshli J.I. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Ushbu yuk avtomobili yo‘lovchisi, 30 yoshli K.I. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring