«Yoshlar mehnat guzari»ni va’da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chortoq tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Q.R. «T.S.» MChJ rahbari O.A.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida MChJ qarashli yer maydonda «Yoshlar mehnat guzari» binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga 2 000 AQSh dollari va 18 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter