Yosh qizchalarini ayovsiz kaltaklagan ayol qilmishi sababini aytib berdi
Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ona o‘z farzandlariga ozor berib, ularni xo‘rlayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Qoraqalpog‘iston IIV xodimi bilan suhbatda ona nima sababdan bunday yovuz ishga qo‘l urganini ma’lum qildi.
«Qizlarimni urib videoga olganim sababi — erim Rossiyada edi, men farzandlarim bilan birga yolg‘iz yashardim. Videoni yuborib, ukalari balki kelib bizga qarashar deganim, baribir kelishmadi. O‘rtada ota-onam kasal bo‘lib, shok holatda edim. Qizlarimni urganimdan pushaymonman», — deydi u.
«Videoga o‘zim oldim va erimga jo‘natdim, menga rahmi kelar, uyidagilarga aytar, bizni yonimizga kelishar deb, lekin unday bo‘lmadi. Keyin yana videoga olib jo‘natdim, yana ta’sir qilgani yo‘q. Xudo ko‘zimni ochdi. Otam o‘ldi. Shu norasidalarni ko‘z yoshi shu deb bilaman», — qo‘shimcha qiladi ayol.
Farzandlarining to‘ng‘ichi besh, kichkinasi ikki yarim yoshda.
Ayolning aytishicha, hozirda er-xotin baxtli yashamoqda, biroq qaynonasi ularni ko‘ra olmay, eski videolarni tarqatgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter