Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh hokim o‘rinbosarining o‘limi sababi ma’lum qilindi

Yosh hokim o‘rinbosarining o‘limi sababi ma’lum qilindi

Avvalroq Xorazm viloyati, Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari U.Jumagaldiyevning vafoti haqidagi xabar berilgandi.

Viloyat prokuraturasi uning o‘limi sababini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Urganch shahar, Baxtli kelajak ko‘chasi, 13-yo‘lak, 52-uyda yashagan 1990 yilda tug‘ilgan Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev 17.03.2023 yil soat 01.30 larda 90 029 DAV davlat raqam belgili, «NEXIA 3» rusumli xizmat avtomashinasini 4R160-sonli «Urganch – Gurlan» avtomobil yo‘lining Urganch tumani, «O‘rta do‘rman» mahallasi hududidan o‘tgan 9 km.da Urganch tumani tomonga qarab harakatlanib borib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan fuqaro Sh.Sobirov boshqaruvidagi «XCMG GR180» rusumli, 90 JA 780 davlat raqam belgili yuk avtomashinasini orqa o‘ng tomon g‘ildiragiga urib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomabil yo‘lidan chiqib ketib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada  U.Jumagaldiyev olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud-tibbiy, sud-avtotexnika va sud-trasologik ekspertizalari tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring