Yo‘l kimniki? Qashqadaryoda ayollar o‘rtasida janjal kelib chiqdi
2022 yilning 20 yanvar kuni Yakkabog‘ tumani «Jambul» MFYda joylashgan Qarshi shahriga qatnovchi avtomashinalar avtoturargohi yaqinida xotin-qizlar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Surishtiruvlar davomida «Yakkabog‘ shahri-Yakkabog‘ tumani» va «Yakkabog‘ tumani- Qoramurcha qishlog‘i» yo‘nalishi Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi tomonidan tenderga qo‘yilgani aniqlandi. Tenderda fuqaro N.S.ga tegishli MChJ g‘olib bo‘lgan.
Natijada ushbu yo‘nalishni muqaddam nazorat qilib kelgan E.N.ga tegishli MChJ va tenderning yangi g‘olibi N.S.ga tegishli MChJ xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, janjal ko‘tarilgan.
Holat yuzasidan hozirgi kunda Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter