Yo‘l chetida to‘xtab turgan «Moskvich» haydovchisi hodisa qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 2-may kuni soat 00:20larda Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tumani, TXAY ko‘chalari chorrahasida, «Neksiya» haydovchisi, 1992-yil tug‘ilgan O.Z. chapga qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishdan mast holatda harakatlanib kelayotgan, 2000-yil tug‘ilgan Sh.U. boshqaruvidagi «Kaptiva» rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormay YTH sodir etgan.
Natijada «Kaptiva» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib, yo‘l chetida to‘xtab turgan, Sh.M. boshqaruvida bo‘lgan «Moskvich-412» rusumli avtoulovi bilan to‘qnashgan.
Natijada «Moskvich-412» haydovchisi Sh.M. olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan. «Neksiya» haydovchisi O.Z. hamda «Kaptiva» haydovchisi Sh.U. va yo‘lovchilari 2000-yil tug‘ilgan A.U., 2001-yil tug‘ilgan R.N.larga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter