Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik farmkompaniyaning qidiruvdagi rahbari Rossiyada ushlandi

Yirik farmkompaniyaning qidiruvdagi rahbari Rossiyada ushlandi

Illyustrativ surat

ATM Partners farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Muhammad Umarov kecha, 30 avgust kuni Peterburgda ushlandi. Bu haqda rus matbuoti xabar berdi.

Peterburgda ham ro‘yxatdan o‘tgan Umarov shu vaqtgacha xalqaro qidiruvda edi. O‘zbekistonda u mulkka qarshi jinoyatda ayblanmoqda. 2015-2019 yillarda Toshkentdagi ATM Partners kompaniyasida ishlagan.

Faoliyati davomida jinoiy guruh bilan til biriktirib, xorijiy kompaniyalarning dumaloq muhrlari va ularning rahbarlari nomidagi faksimillarga egalik huquqini suiiste’mol qilgan va ularning hisoblaridan 9,5 mln. dollarga yaqin pulni o‘g‘irlagan. Keyin g‘oyib bo‘lgan.

ATM Partners dori vositalarini ulgurji narxlarda yetkazib beradigan O‘zbekiston bozoridagi eng katta kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring