Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil davomida 9 bor qoida buzgan haydovchi oxiri o‘zi va 3 nafar yo‘lovchi umriga zomin bo‘ldi

Yil davomida 9 bor qoida buzgan haydovchi oxiri o‘zi va 3 nafar yo‘lovchi umriga zomin bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 4-sentyabr kuni soat 05:00 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan 4R 112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 10-kilometrida mudhish YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan J.M. «Matiz» rusumli avtomobilda boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketadi va qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1987-yilda tug‘ilgan I.O. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobil bilan to‘qnashadi.

Natijada «Matiz» rusumli avtomobil xaydovchisi 22 yoshli J.M. hamda yo‘lovchisi 23 yoshli S.X. va «Neksiya» rusumli avtomobil yo‘lovchilari 45 yoshli I.M., 39 yoshli R.G‘.lar og‘ir tan jarohati olib voqea  joyida vafot etishgan.

«Neksiya» rusumli avtomobil xaydovchisi 33 yoshli I.O. va yo‘lovchilari 23 yoshli Sh.S., 22 yoshli N.A.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi J.M. bir yil davomida 9 marotaba, «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi I.O. 1 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring