Bosh prokuratura Yashnoboddagi firibgarlik tafsilotlarini e’lon qildi
Daryo nashrida e’lon qilingan maqolada 9 xonadon 39 kishiga sotilgani haqida ma’lumot berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanidagi uy-joy bilan bog‘liq firibgarlik sodir qilinganligi haqidagi maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, «Z.G.» MChJ rahbari A.A. xonadon sotib olish istagini bildirgan 23 nafar fuqarolar bilan soxta oldi-sotdi shartnomalari tuzib, fuqarolarning jami 4 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qurilishni tugatmasdan, xonadonlarni fuqarolarga rasmiylashtirib bermasdan, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organiga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter