Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim tunda pichoq ko‘tarib IIB xodimlarini quvlagan mahkum yuzasidan ma’lumot berildi

Yarim tunda pichoq ko‘tarib IIB xodimlarini quvlagan mahkum yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkentda mahkum yarim tunda pichoq bilan avval o‘zining bilaklarini tilgan va so‘ng IIB xodimlariga tahdid qilib, ularni quvlagan.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 13-avgust kuni soat 23:00da tungi xizmatda bo‘lgan Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabar asosida o‘sha hududdagi xonadonlarning biriga borishgan.

Xonadonda yetib kelgach, probatsiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, quvib yurganini ko‘rishgan va uni tinchlantirmoqchi bo‘lishgan.

Biroq, mahkum ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va bu jarayonga uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlari xizmat kiyimlarini yirtishgan.

Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, ikkala qo‘li bilak sohasini kesib o‘ziga tan jarohati yetkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan.

Shu vaqt, profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shimcha yordam hamda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va jabrlangan mahkum shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tekshirilishi va qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring