Yangiyo‘lda 40 sotix yerni 29 ming «ko‘ki»ga pullayotgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro A.J. go‘yoki o‘zining kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali 29 ming AQSh dollari evaziga fuqaro Sh.ning nomiga 40 sotix yer maydonini ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter