Yangi yil kuni pastlikka qulagan avtomashina haydovchisi vafot etdi

Joriy yil 1-yanvar kuni soat 15:45 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 258 km.da Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashgan 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, to‘siqqa borib urilgan va boshqaruvni yo‘qotib, pastlikka tushib ketgan.
Natijada, avtomashina haydovchisi qo‘shma shikast, bosh miya og‘ir ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay, 2 yanvar kuni shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter