Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

20 yoshli yigit uchun so‘nggi yangi yil kechasi bo‘ldi

20 yoshli yigit uchun so‘nggi yangi yil kechasi bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2022-yil 1-yanvar kuni soat 3:30larda 20 yoshli K.K. g to‘rt nafar tanishi bilan birga M.N. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinaga o‘tirib, uning uyi tomon yo‘lga chiqishadi.

Marg‘ilon shahar Qo‘rg‘ontagi ko‘chasida joylashgan ko‘cha boshida harakatsiz turgan «Gentra» va «Nexia-3» rusumli avtomashinalarni ko‘rib, ularning yonida turgan 23 yoshli M.A. va uning sheriklariga avtomashinalariga yo‘l berishlarini so‘rash ortidan janjal yuzaga keladi.

Janjal davomida M.A. o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan K.K.ning ko‘krak sohasiga bir marta urib, sheriklari bilan avtomashinalariga o‘tirib, hodisa joyidan qochib ketishadi.

Olgan tan jarohatlari natijasida K.K. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring