Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘lik erkak bir necha ayolning ustiga benzin sepdi! Holatni prokuratura o‘rganmoqda (video)

Yakkabog‘lik erkak bir necha ayolning ustiga benzin sepdi! Holatni prokuratura o‘rganmoqda (video)

Foto: Daryo

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak bir necha ayolning ustiga benzin sepib, yoqib yuborishga uringani aks etgan video tarqaldi.

Yelim idish ko‘targan erkak o‘ziga qarshilik ko‘rsatayotgan ayollar ustiga benzin separ ekan, o‘z navbatida ayollar ham unga qattiq qarshilik qilinayotgani aks etadi tasvirda. Ola-tasir, ur-surlar bog‘ maydonida yuz bergani va janjal yer maydoni talashishdan kelib chiqqanini taxmin qilish mumkin.

Bosh prokuratura bilan bog‘langanimizda mahkama matbuot xizmati voqelik Yakkabog‘da yuz berganini tasdiqlay olishini aytdi, xolos. Ayni paytda holat prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 20-iyul kuni Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev shaxsan o‘zi «Hisor Sarlochin» MChJga tegishli savdo do‘konlarini buzayotgan paytda tadbirkor tomonidan ustiga benzin sepib, o‘t qo‘yib yuborgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring