Yakkabog‘dagi zovurdan jasad topildi: Qashqadaryo viloyati IIB izohi
2021-yil 6-fevral kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan «Zovurdan jasad topildi» sarlavhali habar tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati IIB xabar yuzasidan izoh berib o‘tgan.
«2021-yil 6-fevral kuni Yakkabog‘ tumani IIBga kelib tushgan habarga ko‘ra «Cho‘mich» MFY ichki tomonidan oqib o‘tuvchi zovurdan Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro J.S.ning jasadi topilgan. Voqea joyiga tergov tezkor guruhi chiqarilgan hamda hozirgi vaqtda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etamiz»- deyiladi izohda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter