Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘da hokim o‘rinbosari YTHga uchradi

Yakkabog‘da hokim o‘rinbosari YTHga uchradi

Yakkabog‘ tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bo‘ri Fayziyev YTHga uchradi. Bu haqda «Nasafnews» nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘rinbosarning ahvoli ayni paytda qoniqarli.

Yakkabog‘ hokimi matbuot kotibi bergan ma’lumotga ko‘ra ayni paytda o‘rinbosar shifoxonada davolanmoqda.

«Avtohalokat bo‘lgan deyishdi. Batafsil ma’lumotga ega emasmiz. Ammo hozirda o‘rinbosarning ahvoli qoniqarli», – deydi hokimning kotibi Sherzod Hasanov.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabr oyida Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev ham YTHga uchragandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring