Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘da fojia: ona va qiz YTH qurboni bo‘ldi

Yakkabog‘da fojia: ona va qiz YTH qurboni bo‘ldi

Foto: «Nasafnews.uz»

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 9-avgust kuni yuqori tezlikda harakatlangan «Lacetti» va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 16:50 atrofida tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-39 avtomobil yo‘lining 1195-kilometrida sodir bo‘lgan. «Lacetti» mashinasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzgan holda harakatlangan va o‘zidan oldinda ketayotgan MAN rusumli yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda «Lacetti»da ketayotgan yo‘lovchilardan biri og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida, ikkinchisi Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Vafot etgan fuqarolar yo‘lovchi sifatida tuman markaziga ketayotgan ona va uning qizi ekani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring