Xorazmda sud binosining tomi qulab tushdi (foto)

Xorazm viloyati Xonqa tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosining tomi 13 mart kuni kuchli shamol oqibatida qulab tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan voqea natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Hodisa oqibatlari tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf qilinmoqda.

Avvalroq Xorazmga kuchli shamol va qor yog‘ishi sabab viloyatning katta qismi elektr energiyasisiz qolgani hamda anomal sovuq havo Navoiy va Buxoro hududiga kirib kelgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter