Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘qituvchi tomonidan kaltaklandi
Xorazmda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini kaltaklagani videosi tarqaldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, Xonqadagi hodisa 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv doirasida o‘quvchilarda tan jarohatlarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter