Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi

Xorazmda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi

Xorazm viloyatida bugun tongda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi. Ayrim hududlarning elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi.

«Hududiy elektr tarmoqlari»ning Xorazm hududiy filiali kuchli shamol tufayli ayrim hududlarda elektr uzilishlari kuzatilgani haqida xabar berdi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°, ba’zi joylarda 37° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring