Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 40 sotix yerni 100 ming dollar sotmoqchi bo‘lganlar fosh etildi

Xorazmda 40 sotix yerni 100 ming dollar sotmoqchi bo‘lganlar fosh etildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Gurlan tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar R.U va O‘.M. o‘zaro til biriktirib, fuqaro J.ga omborxona binosi qurish uchun tuman hokimligi zaxirasidan 40 sotix yer maydoni ajratish masalasini 100 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali hal qilib berishini aytib, oldindan 25 000 AQSh dollari va 65 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Departament avval Samarqandda direktor o‘rinbosari ushlangani haqida xabar bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring