Xorazmda 2,5 tonna paxtani qo‘shib yozmoqchi bo‘lganlar ushlandi
«Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari bir fermer xo‘jaligi rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, jamiyatga kirim bo‘lgan 2490 kg. paxta xomashyosini qayta jamiyatga topshirish uchun olib kirgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxslar, fermer xo‘jaligi rahbari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter