Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonanda Ruxshonaning eri Sanjar Matkarimovga sud hukmi o‘qildi

Xonanda Ruxshonaning eri Sanjar Matkarimovga sud hukmi o‘qildi

Skrinshot.

Xonanda Ruxshona Matkarimova va uning eri rejissyor Sanjar Matkarimov o‘rtasidagi oilaviy mojaro jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sudda Ruxshona erini unga tan jarohati yetkazganligi va haqorat qilishda aybladi. 

Sanjar Matkarimov Ruxshonaning telefoniga kelgan xabar yuzasidan tortishib, qo‘l va oyoqlari bilan urgan. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Matkarimov Ruxshonaga uning sog‘ligining qisqa muddatga buzilishiga olib keluvchi yengil tan jarohatlari borligini tasdiqlagan. 

«Men hali-hamon shu insondan qo‘rqib yashayman. Urgani, meni shaxsiy videolarimni tarqatgani, meni yana bir nechta materiallarim bor degan gaplari hali hamon qulog‘imda chalinib turibdi», — deydi Ruxshona.

Sud hukmiga ko‘ra, JKning tegishli moddalari bilan Sanjar Matkarimovga nisbatan 2 yil 1 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

O‘z navbatida Sanjar Matkarimov sud xulosasidan norozi ekani, qayta apellyasiyaga topshirishini ma’lum qilmoqda.

Shu tariqa ish yana qayta yuqori instansiyada ko‘rib chiqilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring