Xitoylik yigit «iPhone» smartfoni akkumulyatorini tishlab ko‘rganida u portlab ketdi (video)
«Apple» kompaniyasi smartfonlariga o‘rnatilgan akkumulyatorlarni turli usullarda sinab ko‘rishganiga internetda guvoh bo‘lganmiz, ammo bunaqasini...
Servis markazida yuz bergan bu hodisa kuzatuv kameralariga tushib qoldi. Akkumulyatori almashtirilgan «iPhone»ni olarkan, mijoz yigit uning batareyasini yana bir bor nazoratdan o‘tkazmoqchi bo‘ldi va negadir g‘ayriodatiy usuldan foydalandi. U smartfonni tishlab ko‘rdi... yana shunday kuch bilanki, oqibatda smartfon portlab ketdi.
Portlash kuchli bo‘lishiga qaramay, hech kim jarohat olmadi. Bunaqa sinovdan keyin qurilmani tiklash haqida esa gapirish ortiqcha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter