Xitoydagi zavodda fojia yuz berdi: qurbonlar bor
Xitoy shimoli-sharqida joylashgan kimyoviy tolalar ishlab chiqaradigan zavodda baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Natijada besh kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga tayanib «Sinszinbao» gazetasi xabar berdi.
Voqea shanba kuni kechqurun Szilin viloyatida sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida bino bo‘ylab zaharli gaz tarqalgan. Undan nafas olgan ishchilar vafot etishgan. Aynan nima ro‘y bergani noma’lum.
Jabrlanuvchilar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda ularning ahvoli barqaror holatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter