Xitoyda tabiiy ofat oqibatida o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi
Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chki tufayli kamida 10 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda 26-sentyabr, yakshanba kuni CGTN telekanali xabar berdi.
Tyansyuan uyezdi hududidagi Yaan shahrida kuchli yomg‘ir tufayli tuproq va toshlar ko‘chib ketdi.
Mahalliy hokimiyat organlari qidiruv-qutqaruv ishlarini uyushtirdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, voqea sodir bo‘lgan joyga olib boradigan yo‘llar yopildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter