Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy dovuldan jabr ko‘rgan Kolumbiyaga yordam berish uchun $600 ming ajratdi

Xitoy dovuldan jabr ko‘rgan Kolumbiyaga yordam berish uchun $600 ming ajratdi

Foto: «Ru.telegram.one»

Xitoy hukumati Kolumbiyaga yopirilgan «Yota» dovuli oqibatlariga qarshi kurashish maqsadida mamlakatga gumanitar yordam sifatida $600 ming ajratdi. Bu haqda 20 noyabr kuni Janubiy Amerika respublikasi tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, XXR hukumati $500 ming naqd pul ko‘rinishida xayriya qilib, qolgan $100 mingini Qizil Xoch jamiyati orqali o‘tkazib berishga qaror qilgan, deya xabar berdi «TASS».

Diplomatik idoraning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjen Szeguan tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan Kolumbiyani qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

O‘z navbatida Bogota yordam uchun Pekinga minnatdorlik bildirdi.

«Yota» dovulining Markaziy Amerika mamlakatlariga yopirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 kishiga yetdi.

Tabiiy ofat Kolumbiyaning 6000 aholi istiqomat qiluvchi Providensiya oroli infratuzilmasini butunlay yakson qildi. Ikki kishi hayotdan ko‘z yumgani to‘g‘risida xabar berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring