Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalqning umidi qirqilmoqda» – Jizzaxda gaz trubalariga «hujum» boshlandi

«Xalqning umidi qirqilmoqda» – Jizzaxda gaz trubalariga «hujum» boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani Qo‘ytosh qishlog‘i viloyatning eng chekka hududlaridan. 1994 yil 8 dekabr kuni Qo‘ytosh koni xo‘jalik mablag‘i hisobidan bu qishloqqa gaz o‘tkaziladi va 2010 yilga qadar gaz kelib turgan.

2010 yildan boshlab qishloqqa gaz berish to‘xtatilgan. G‘allaoroldan Qo‘ytoshga ketaverishdagi birinchi Qoropchi qishlog‘igacha gaz uzilmagan. Undan uyog‘iga gaz yo‘q, ayni paytda qishloqqacha 25-26 kilometrgacha cho‘zilgan turli diametrdagi gaz trubalarini aholi ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan edi. Shu kunlarda esa 270 dm.li gaz trubalari qirqilishni boshlagan.

— Gaz trubalarini qirqish «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti tomonidani amalga oshirilmoqda, — deydi tahririyatga qo‘ng‘iroq qildi qishloq fuqarosi Mo‘min Jangirov. — Avvaliga gaz trubalarini qirqib ketayotganlar hujjat ko‘rsatishmadi. Keyin bilsak, Jizzaxning ayrim tumanlarida gaz yetib borgan joylarning ta’mirini oshirish uchun Baxmal tumani Gulbuloq qishlog‘idagi trubalarni kesishga buyruq berilgan. Ammo u qishloq aholisi gaz trubalarini ketmon ko‘tarib himoya qilgach, buyruq o‘zgartiriladi, Baxmal tumani o‘rniga G‘allaorol, Gulbuloq qishlog‘i o‘rniga Qo‘ytosh yoziladi hujjatda. Biz 10 yildan oshiq gaz bo‘lmasada yaxshi umidlar bilan trubalarimizni ko‘z qorachig‘imizdek asrab kelayotgan edik. Qolaversa, yurtboshimizning 2022 yildan boshlab bosqichma bosqich eng chekka qishloqlarga gaz yetkazib beramiz degan so‘zlari bor. Bugun  bu trubalarni qirqib ketishsa, keyin truba yo‘qligini bahona qilib gaz o‘tkazish yana cho‘ziladi. Biz trubalarimizni hech kimga bermoqchi emasmiz, qolaversa, bu trubalar vaqtida xo‘jalik hisobidan keltirilgan, Jizzax tuman gazning umuman ulushi qo‘shilmagan.

Xalqning gaz trubalariga shu paytgacha teginmagani, talon-toroj qilmagani  tahsinga sazovor albatta. Qolaversa, ularning kelgusida qishlog‘iga yana gaz kelishidan umidi katta. Gaz trubalarining talon-toroj qilinishi yoki qo‘ynidan to‘kilsa qo‘njiga qabilida ish tutib  boshqa joyning gaz trubalarini ta’mirlash maqsadida bu qishloq aholisini umidsiz qoldirish nechog‘lik to‘g‘ri? Gaz trubalari qirqildi degani, xalqning gaz kelishiga bo‘lgan umidi ham qirqildi degani emasmi?  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring