Xalq orasida «Qo‘chqor do‘xtir» deb tanilgan shifokor poyezd bilan avtomashina to‘qnashuvi natijasida vafot etdi

Voqea Ohangaron tumanidagi «Yonariq» MFYda bo‘lgan. To‘qnashuv bo‘lgach, poyezd mashinani kamida 60-700 metrga sudrab borgan. Bu haqda «Oltin voha» kanali xabar bermoqda.
Ma’lum qilishlaricha, temir yo‘lni kesib o‘tuvchi avtoyo‘lga shlagbaum o‘rnatilmagan. Aniqrog‘i, shlagbaum ishlamaydi.

Shu tufayli ham bu yerda mana shunday hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Mashina yo‘ldan qayrilib, temir yo‘lni kesib o‘tish nuqtasida noqulay trayektoriya bo‘lgani uchun ham kelayotgan poyezdni haydovchi ko‘rishi qiyin.
Ma’lumot uchun: bu yo‘lda «Pop-Toshkent» temir yo‘li orqali tez harakatlanuvchi poyezdlar o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter