Voronejda qurilishdan yiqilgan o‘zbekistonlik bo‘yicha ma’lumot berildi
Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi 2022 yilda Voronej viloyatiga ishlash maqsadida borib, joriy yili ish vaqtida qurilish ob’yektining 2-qavatidan yiqilib tushadi.
Natijada og‘ir tan jarohati olib, Voronej viloyati shifoxonasiga davolanish uchun yotqiziladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronejdagi vakili yurtdoshimiz holidan xabar olgan. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshilangani va tez orada shifoxonadan javob berilishi ma’lum bo‘ldi.
Bugungi kunda fuqaroga ko‘maklashish maqsadida Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi agentlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter