Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiy yo‘lida katta ko‘lamli avtohalokat sodir bo‘ldi

Vodiy yo‘lida katta ko‘lamli avtohalokat sodir bo‘ldi

Foto: FVV

FVV qutqaruvchilari tomonidan 4 ta avtomobil bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatlari bartaraf etildi.

Hodisa «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 249 kilometrida sodir bo‘ldi. Farg‘ona vodiysi tomon yo‘l olgan avtokran haydovchisi to‘satdan boshqaruvni yo‘qotgan, natijada u oldinda ketayotgan «Jentra»ga, so‘ngra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib yana uchta mashinaga urilgan. Avtohalokat ko‘lami katta bo‘lishiga qaramay, avariyada qurbonlar yo‘q.

Avtokran haydovchisi oyog‘idan jarohat olgan, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus quqaruv vositalari yordamida salondan chiqarib olishdi.

Shuningdek, avtomashinalardan birining haydovchisi yengil tan jarohati oldi. Avariya oqibatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus yong‘in qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring