Venesuelada qamoqxonadagi qo‘zg‘olon tufayli 78 kishi halok bo‘ldi

Venesuelada Karabobo shtati politsiyasi huzuridagi mahbuslarni saqlash markazida qo‘zg‘olon va yong‘in yuz berdi. Natijada 78 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» nashri xabar bermoqda.
Venesuela hukumati voqea haqida rasman ma’lumot bergani yo‘q, biroq bir nechta nashrlar halok bo‘lganlar sonini tasdiqladi.
Voqea 28-mart kuni erta tongda sodir bo‘lgan. Guvohlar qamoqxona ichkarisida kuchli otishma ovozini eshitishganini aytishgan. So‘ng binoda qora tutun paydo bo‘lgan.
Mahbuslardan birining onasining aytishicha, o‘g‘li uni o‘ldirishmoqchi bo‘lishgani, kamerasiga benzin sepishgani haqida xabar berishga ulgurgan. Qurbonlarning ko‘pchiligi kuyishdan halok bo‘lganligi aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, qurbonlarning 10 nafari ayol, 68 nafari erkak. Ayollar mahbus erlarini ko‘rishga kelgan bo‘lgan. Markazda jami 100 nafar kishi saqlanayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter