Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Airways» AJ Kiyevga parvozlarni bekor qildi

«Uzbekistan Airways» AJ Kiyevga parvozlarni bekor qildi

Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, HY-3731/3732 Toshkent-Kiyev-Toshkent muntazam qatnovlari 2022-yilning 27-fevral va 2-mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilinadi.

«Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

«Uzbekistan Airways» AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi murojaat bilan chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring