Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyidan «Mersedes»da chiqib ketgan toshkentlik yigit bedarak yo‘qolgan

Uyidan «Mersedes»da chiqib ketgan toshkentlik yigit bedarak yo‘qolgan

Shu yilning 2-sentyabr kuni Toshkent shahri Yuunusobod tumanida yashovchi Bositxo‘ja Bahodirov «Mersedes-Bens» rusumli avtomashinada uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda uning onasi Feruza Isroilova 9-sentyabr kuni IIBga murojaat qilgan.

B.Bahodirov boshqaruvidagi «Mers»ning davlat raqami — 01 V 808 VA. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV fuqarolardan Bositxo‘ja Bahodirov va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga borib yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlarini so‘raydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring