Urgutdagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021-yil 28-oktyabrdan 29-oktyabrga o‘tar kechasi Samarqand viloyati, Urgut tumani Chumchuqli mahallasida yashovchi ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi is gazidan vafot etgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, o‘sha kuni ayol isitish pechida tappi va ko‘mir kukuni aralashmasidan tayyorlangan tezak yoqqan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter