Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda turmushga chiqmagan qiz haqida gap tarqatgan yigitni o‘lasi qilib kaltaklashdi

Urgutda turmushga chiqmagan qiz haqida gap tarqatgan yigitni o‘lasi qilib kaltaklashdi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 2-mart kuni soat 21:00 da 43 yoshli G‘afur S. ukasi, 37 yoshli Shavkat S. bilan Urgut tumanida joylashgan «Korzinka.uz» savdo markazi oldida 29 yoshli Hasan O‘. ni oldindan davom qilib kelayotgan kelishmovchilik sababli, tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari hamda tayoq bilan urib jarohat yetkazishgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Hasan O‘.da og‘ir tan jarohatlari aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Hasan O‘. G‘afur S.ning turmushga chiqmagan qizining sha’nini bulg‘ash maqsadida, gap so‘z tarqatib yurganligi sababli ushbu jinoyat sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘afur S. va Shavkat S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k, l» bandlari (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring