Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda sodir bo‘lgan YHTda 4 kishi vafot etdi, 3 kishi jarohatlandi

Urgutda sodir bo‘lgan YHTda 4 kishi vafot etdi, 3 kishi jarohatlandi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 18-avgust kuni soat 15:00 larda, Samarqand viloyati, Urgut tumani «Bahrin» MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1114-kilometrida mudhish YHT sodir bo‘ldi.

Haydovchi 1999-y.t. D.A. «ZIL-MMZ-554» rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi 1988-y.t. A.J. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Kobalt» avtomobili haydovchisi 32 yoshli A.J. va yo‘lovchisi 49 yoshli A.Sh.lar tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan. Yo‘lovchilar 13 yoshli N.T. va 5 yoshli I.B.lar tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan.

Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchilari 45 yoshli L.M., 29 yoshli M.X. va 3 yoshli A.B.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuz bergan joyda 1.12.2 – «Xavfli burilishlar» ogohlantiruvchi yo‘l belgisi o‘rnatilgan. «ZIL-MMZ-554» yuk avtomashinasi haydovchisi D.A. yil davomida ikki marotaba yo‘l belgilariga amal qilmasdan qoidabuzarlik sodir etgan. Uchinchi qoidabuzarlik ayanchli YTH bilan yakun topdi.

Mazkur YTH yuzasidan 18 avgust kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring