Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda o‘g‘il o‘z otasi va akasining qotiliga aylandi

Urgutda o‘g‘il o‘z otasi va akasining qotiliga aylandi

Samarqand viloyati, Urgut tumanida o‘z otasi bilan akasini qasddan o‘ldirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, 7-iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani «Navbog‘» ko‘chasida yashovchi fuqaro tuman IIBga otasi B.M. va ukasi Sh.M. uyida yo‘qligi, qo‘l telefon raqamlari ishlamayotgani, ularni topishda amaliy yordam berishni so‘rab, murojaat qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida Sh.M. tuman IIBga aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 15 may kuni soat taxminan 07:00 da otasi B.M. va akasi Sh.M.lar bilan janjallashib qolib, uy-xo‘jaligida foydalangan bolta va oshxona pichog‘i bilan dastlab akasini, so‘ngra otasini tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib, ularni qasddan o‘ldirgani va yashash uyining tomorqasiga ko‘mganligini ma’lum qilgan.

Uyning tomorqa qismi ko‘zdan kechirilganda, B.M. va Sh.M.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat bo‘yicha Urgut tuman prokuraturasi tomonidan Sh.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring