Umra ziyoratiga bormoqchi bo‘lganlarning 1,4 mlrd. so‘m puli «tuya qilindi»
Ijtimoiy tarmoqlarda, «Xoji ota-onalarni 1 milliarddan oshiq pullari tuya qilingan» nomli xabar tarqaldi.
Andijon viloyati prokuraturasi holat yuzasidan bayonot e’lon qildi.
Aniqlanishicha, fuqaro F.A Xo‘jaobod tumanidan «Umra-2022» mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarolardan jami 1,4 mlrd. so‘m naqd pullarni olib o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan F.A ga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari Xo‘jaobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter