Uksus ichib joniga qasd qilgan kelin yuzasidan jinoiy ish ochildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining «Bog‘bonlar» mahallasida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ta’kidlash joizki, 2022-yil 24-iyun kuni 29 yashar N.M. «uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish» tashxisi bilan RShTTYoM Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan, uch kun o‘tib vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter