Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina sharqidagi qurolli to‘qnashuvda «O‘zbek» taxallusli jangchi halok bo‘ldi

Ukraina sharqidagi qurolli to‘qnashuvda «O‘zbek» taxallusli jangchi halok bo‘ldi

3-iyul kuni Ukraina sharqida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi ayirmachilari safida jang qilgan o‘zbekistonlik Hojiakbar Sharipov otib o‘ldirilgan.

Bu haqda Ukraina armiyasi zobiti Anatoliy Shtefanga ko‘ra «Navoiy» kanali xabar berdi. Sharipov Yasinovataya posyolkasi hududidagi jangda halok bo‘lgan. U xabarga marhumning tobutdagi suratini ham ilova qilgan.

Navoiy viloyatida tug‘ilgan Sharipovning jasadi 6 iyul kuni O‘zbekistonga yuborilgani aytilmoqda.

U bilan shaxsan tanish bo‘lgan DXR jangchilarining bildirishicha, «O‘zbek» taxallusi bilan tanilgan Sharipov Donetsk aeroporti, Bles, Avdeyevka va Promka uchun janglarda qatnashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring