Uchtepada voyaga yetmagan haydovchi «Matiz» bilan temir elektr o‘tkazgichga to‘qnashdi
21-oktyabr kuni Uchtepa tumanidan o‘tgan Toshkent halqa yo‘lida 15 yoshli Axliddin A.ning tajribasizligi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, u qarindoshiga tegishli «Matiz» bilan temir elektr o‘tkazgichga borib urilgan. Haydovchi shifoxonaga jo‘natilgan.
IIBB ota-onalarni bolalarga transport vositalarini boshqarishga ruxsat bermaslikka va e’tiborli bo‘lishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter