Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchinchi qavatdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolning hayoti saqlab qolindi

Uchinchi qavatdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolning hayoti saqlab qolindi

Foto: «Milliygvardiya.uz»

Milliy gvardiya sayti xabar berishicha, Samarqandda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolning hayoti saqlab qolindi.

Xabarga ko‘ra, 2021-yilning 3-iyun kuni soat 10:10 lar atrofida Samarqand shahrining Shodlik mahallasi, S.Buxoriy ko‘chasida joylashgan uyda mojaro bo‘layotgani haqida Shodlik MFYga xonadon qo‘shnilari tomonidan murojaat kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan mahalla vakillari hamda unga biriktirilgan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, psixolog kichik serjant N.Sanaqulovalar yetib borishgan va er-xotin — U.N. va B.D. o‘rtasida jiddiy mojaro bo‘layotganligiga guvoh bo‘lishgan. Oilaning psixologik holati og‘ir ekanligi natijasida U.N.ning turmush o‘rtog‘i B.D. o‘z joniga qasd qilish maqsadida yashab turgan uyining 3-qavatidan o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

Tezkor olib borilgan qutqaruv ishlari natijasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan 2002-yilda tug‘ilgan B.D.ning hayoti saqlab qolingan, deyiladi xabarda.

Voqea yuzasidan xonadon egalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. O‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qilgan ishidan qattiq afsusda ekanligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring