Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kollej talabasi sobiq sinfdoshi joniga qasd qildi

Kollej talabasi sobiq sinfdoshi joniga qasd qildi

Foto: «UzNews»

2018-yil 23-may kuni tungi soat 02:30larda Bekobod shahar Yengil sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi A.A. o‘zi bilan muqaddam bir sinfda o‘qigan sinfdoshi, Bekobod shahar Texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan Sh.E.ning uyiga borib, uni haqorat qilgan.

Yuzaga kelgan o‘zaro tortishuv oqibatida Sh.E. oshxona pichog‘i bilan A.A.ning ko‘krak qismiga besh marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.A. voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Sh.E.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring