Poytaxtda uch bola «Tez yordam» mashinasida dunyoga keldi
O‘tgan olti oyi davomida Toshkent shahar 103 xizmatiga tug‘uruq va homiladorlik patologiyalari bo‘yicha jami 21 ming 143 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 38-40 haftalik homiladorlik davrida bo‘lgan 2342 nafar ayol tug‘uruq uchun murojaat qilgan.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qolaversa, tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining bevosita sa’y-harakati tufayli 25 nafar homilador ayol o‘z uyida farzandli bo‘lgan.
Kutilmaganda boshlangan tug‘uruq va yana boshqa omillar sababli esa 3 nafar ona chaqalog‘ini «Tez yordam» mashinasida dunyoga keltirgan.
Eng muhimi, «103» brigadalarining tezkor amalga oshirgan tibbiy yordami tufayli ushbu tug‘uruq jarayonlarining barchasi muvaffaqiyatli va hech qanday asoratlarsiz kechgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter