Toshkentda 8-sinf o‘quvchisining nomusiga tegish aybi bilan uch kishi qo‘lga olindi
Toshkent shahrida 2021-yil 27-aprel kuni o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2006-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan dastlab 1991 yilda tug‘ilgan Anvar X. tomonidan, keyinchalik uning ikki nafar tanishi – Mansurjon M. va Boymuhammedov G. tomonidan jinsiy turdagi jinoyat sodir etilgan. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur fakt bo‘yicha 2021-yil 30-aprel kuni gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi («O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
5-may kuni Anvar X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblov taqdim etilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mansurjon M. va Boymuhammad G.lar tergovdan yashiringanliklari sababli joriy yilning 20 may kuni jinoyat ishining ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan qismi alohida yuritiladigan bo‘ldi.
Anvar X.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudiga yo‘naltirilgan.
1-iyun kuni ikkala fuqaro ham qo‘lga olinib, gumonlanuvchilar tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.
Joriy yilning 30-iyun kuni Mansurjon M. va Boymuhammad G.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi bo‘yicha ayblov taqdim etilgan. Shu kunning o‘zida dastlabki tergov yakunlanib, jinoyat ishi sudga oshirildi.
Tergov organi tomonidan ayblanuvchilarning aybini isbotlovchi barcha dalillar to‘plangan, yakuniy baho sud tomonidan beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter