Turkiyada yana zilzila sodir bo‘ldi — bu safar 2,5 mln. kishi yashovchi Izmir yaqinida

«Korrespondent» xabar berishicha, Turkiya g‘arbida magnitudasi 4,8 ga teng zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.
Yer osti silkinishlari o‘chog‘i 7 km. chuqurlikda joylashgan. Epitsentri esa 2,5 million aholiga ega Izmir shahridan 90 km. shimoli-sharqda joylashgan.
Talofatlar, jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23-fevral kuni Turkiya va Eron chegarasida 5,6 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 100 dan ortiq inson jarohat olgan, kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter